Dorilar shifo bo‘lishi mumkin, ammo noto‘g‘ri qabul qilinganda zarar ham yetkazishi aniq. Quyidagi qoidalar dorilarni xavfsiz va samarali qabul qilishga yordam beradi:
✅ Shifokor yoki farmatsevt ko‘rsatmasiga amal qiling
– Dozani o‘zboshimchalik bilan oshirmang yoki kamaytirmang.
✅ Dorini qaysi vaqtda va qanday qabul qilish kerakligini biling
– Ba’zi dorilar och qoringa, boshqalari ovqatdan keyin ichiladi. Yana ayrimlari esa faqat ma’lum vaqt oralig‘ida ichilishi kerak.
✅ Oddiy suv bilan ichish tavsiya etiladi
– Choy, qahva, sut yoki gazli ichimliklar dori ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.
✅ Dorilarni boshqa vositalar bilan aralashtirmang
– Ayrim dorilarni birga ichish mumkin emas. Shuning uchun boshqa dori yoki o‘simlik choylari bilan qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahat qiling.
✅ Antibiotiklarni to‘liq kurs bo‘yicha iching
– Belgilar yo‘qolgan taqdirda ham shifokor belgilagan muddat tugamaguncha antibiotiklarni to‘xtatish mumkin emas. Aks holda, bakteriyalar unga qarshilik hosil qilishi mumkin.
✅ Saqlash qoidalariga rioya qiling
– Ba’zi dorilarni sovuq joyda, ba’zilarini esa quruq va qorong‘i muhitda saqlash kerak. No‘to‘g‘ri sharoit dorining samaradorligini pasaytirishi mumkin.
❗️ O‘zboshimchalik bilan dori qabul qilish yoki boshqa birovga tavsiya qilish xavfli! Har doim mutaxassis bilan maslahatlashish muhim.
Siz dorilarni to‘g‘ri qabul qilish qoidalarini bilarmidingiz? Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring!