
Shamollash qanday simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin?
✅ Tana haroratining 37°C va undan yuqoriga ko‘tarilishi
✅ Titroq, holsizlik, ortiqcha terlash
✅ Bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riq
✅ Tomoq og‘rig‘i, ovozning o‘tirishi, yo‘tal
✅ Burunning bitishi, aksa urish, burun oqishi
✅ Bo‘yinda, jag‘ ostida va quloq atrofida limfa tugunlarining kattalashishi
✅ Ko‘zlarda yallig‘lanish va og‘riq
✅ Teri toshmalari
Barcha alomatlar birdan paydo bo‘lishi shart emas.
Ko‘pincha shamollash tomoq va burundagi qichishish, aksa urish bilan boshlanadi. Keyinchalik simptomlar kuchayib, tana harorati ko‘tarilishi, burun oqishi va yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin.
Odatda shamollash 5–7 kun davom etadi va ba’zida bakterial infeksiya qo‘shilishi yoki kasallik pnevmoniya, otit kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuning uchun asoratlarning oldini olish uchun o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish muhim!