Nega jig‘ildon qaynaydi?

Nega jig‘ildon qaynaydi?
© Ogohlantirish: Saytda keltirilgan ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun taqdim etilgan bo‘lib, amaliy qo‘llanma sifatida ishlatilmasligi kerak. Kasalliklarni aniqlash va davolash faqat malakali shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

Jig‘ildon qaynashi aksariyat yoshi katta kishilarda uchraydigan holatlardan biridir. Bu bemorning oshqozon-ichak faoliyatida turli xil nuqsonlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaruvchi omillar bisyor. Jig‘ildon qaynashiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bu noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Ko‘p ovqat yeb qo‘yish, tez ovqatlanish, yomon chaynash, yo‘l-yo‘lakay ovqat yeyish shular jumlasidan. Shirin, achchiq, qovurilgan, sho‘r, yog‘li taomlar va spirtli ichimlik iste’mol qilish ham jig‘ildon qaynashiga olib keladi.

Shuningdek, shokoladli kofe, sarxil va nordon mevalar, konditer mahsulotlari oshqozonda kislotalikni oshiradigan ovqatlar guruhiga kiradi. Bundan tashqari, dori-darmonlarni qabul qilish ham oshqozonda noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Xalqona vositalar va retseptlar

Suv. Oshqozon shilliq qavatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun kam miqdorda iliq suv ichish lozim.

Ichimlik sodasi. Taxminan, 1 choy qoshiq sodani 300 ml iliq suvda eritib iching. U kislotani zararsizlantiradi, ammo ta’siri uzoq vaqt davom etmaydi — og‘iq bo‘lgan holatlarda yordam bermasligi mumkin.
Faollashgan uglerod. Homilador ayollarga ham mumkin bo‘lgan vosita. Ko‘mir ortiqcha kislotani yutadi va uni chiqarib tashlaydi. Yengil hollarda 3-4 tabletka yetarli, ammo yaxshi ta’sir qilishi uchun 10 tagacha ichish mumkin. Tabletkani suv bilan yoki suvda eritib ichish lozim.
Olma sirkasi. Uni, albatta, suvda eritib (yarim stakanga 1 choy qoshiq), ovqatlanishdan oldin ichish kerak. Jig‘ildon qaynashining yengil shakllarida sirka yaxshi samara beradi.
Guruch qaynatmasi (xo‘rda). U jig‘ildon qaynashini sekinlik bilan yengillashtiradi. Bulonni ichishdan oldin bir necha soat davomida iliq joyda turishi kerak — shunda yanada foydaliroq bo‘ladi.
Tuxum po‘chog‘i. Po‘stloqni maydalab, kukun holiga keltirish lozim va kuniga uch marta, 0,5 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Agar yuqoridagi sabablarni bartaraf etgach ham surunkali ravishda jig‘ildon qaynashi davom etsa, u holda bu oshqozon-ichak faoliyati muammolari bilan bog‘liq. Shuning uchun ham vaqtni o‘tkazmasdan gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish kerak bo‘ladi.

Отзывы пациентов о врачах, клиниках и медицинских центрах

Dildora 15.05.2026
Якубов А. Т.
6 oylik chaqaloq korasizlarmi
Касымова Бактыгул 10.03.2026
Якубов А. Т.
Мен Кыргызстанданмын барсам кабыл аластарбы
Бобур 06.02.2026
Аминов С. А.
Отличный врач!
Дилмурод 23.12.2025
Маматов Ж. Ф.
Офтальмолог от Бога. Очень внимательный, всё подробно объясняет, относится с заботой и уважением. После приёма остаётся полное доверие и спокойствие.